O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari, Andijon shahar hokimligi, Andijon tumani hokimligi va “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi vakillarini jalb qilgan holda, Andijon shahar va Andijon tumanining bir qator ko’chalarida o’rganish ishlari olib borildi.
O’rganish jarayonida Andijon shahrining Navoiy shoh, Dukchi Eshon ko’chalari va Andijon tumanining Bog’ishamol yo’nalishidagi katta xalqa yo’l bo’ylari qamrab olindi.
O’tkazilgan tadbirda 100 nafardan ziyod tadbirkorlar bilan joylarda uchrashib, O’zbekiston Respublikasining “Reklama to’g’risida”gi Qonuni bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Yuqoridagi qaror talablariga to’g’ri kelmaydigan, milliy qadriyatlarimizga zid bo’lgan, jumlalari noto’g’ri tuzilgan, imlo xatolari bilan yozilgan, milliy alifboga rioya qilinmagan, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzilmagan, hokimliklar tomonidan ruxsat olmagan holda o’rnatilgan 12 ta holatdagi reklama vositalari guruh a’zolari tomonidan olib tashlandi va yaroqsiz holatga keltirildi.
Tadbirda asosan, umumiy ovqatlanish shaxobchalari, savdo do’konlari, xizmat ko’rsatish maskanlari oldilarida va binolar, daraxtlarda, elektr tarmog’i liniyasi oporalari (simyog’och) hamda katta yo’l bo’ylariga o’zboshimchalik bilan qo’yilgan tashqi reklamalarga e’tibor qaratildi va kamchiliklar bartaraf etildi.
Shu bilan birga, tadbir davomida xodimlar tomonidan mulkdorlarga qish fasli bo’lishiga qarmay ob-xavo qulay kelayotganligi, o’zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishlari va maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, sanitariya me’yor talablariga rioya etishlari yuzasidan targ’ibot ishlari ham tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasining “Reklama to’g’risida”gi Qonuni talablari yuzasidan bajarilishi
zarur bo’lgan nazorat reydlari va tadbirlari boshqarma tomonidan muntazam ravishda yo’lga qo’yiladi va axborot kiritib boriladi.
Ushbu yo’nalishdagi ishlar davom etmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati