“Suntronix PTE LTD” (Singapur) kompaniyasi konsalting xizmat kshrsatish uchun, “Xalq banki” AJ tomonidan o’tkazilgan tenderdan asossiz ravishda chiqarib yuborilgani haqida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga murojaat etadi. Ushbu ariza yuzasidan Qo’mitaning Savdolarni nazorat qilish boshqarmasi o’rganish ishlarini boshlaydi.
Tanlov komissiyasining tasdiqlangan protokoliga ko’ra, “Suntronix PTE LTD” kompaniyasining chetlatilishiga sabab qilib, tashkilotning kerakli hujjatlarni taqdim etmagani va tajribasi talab darajada emasligi qilib ko’rsatilingan. Lekin, tanlov hujjatlarida bu kabi chetlatilish ko’zda tutilmagan. (Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchilarga qo’yilgan talabda, ishtirokchi bu kabi loyihalarda oldin ham qatnashgan va kamida 3 marta loyihalarni amalga oshirgan bo’lishi kerak bo’lgan. Talabga ko’ra har bir ishtirok etgan loyihasi uchun 1 ball, qatnashmagan bo’lsa, 0 bal hisoblanishi belgilangan.)
“Suntronix PTE LTD” kompaniyasi o’zi taqdim etgan hujjatlarda boshqa tanlovdagi loyihalarda 4 marta ishtirok etgani va bu borada tajribasi borligi ko’rsatilgan.Shuningdek, tanlov hujjatlari ijrochining shaxsiy tarkibiga ball berishni nazarda tutadi.
Masalan, kamida universitet magistri darajasi bo’lgan 2 ta mutaxassis bo’lsa, moliya muassasalarida kamida 10 yil ish staji, kamida 2 ta loyihada davlat ulushi bo’lgan tijorat banklarini konvertatsiya qilish tajribasi mavjud bo’lsa, yana qo’shimcha 1 ball beriladi, agar bo’lmasa 0 ball.
“Suntronix PTE LTD” kompaniyasi taqdim etgan 5 ta mutaxassisdan 2 tasi tanlovdagi hartlarga to’liq mos tushadi, bu esa o’z navbatida tashkilotni tanlovlarda ishtirokini ta’minlashi kerak edi.
Lekin, “Suntronix PTE LTD” kompaniyasi tanlov shartlarida ko’rsatilinmagan ko’plab oshqa sabablar bo’yicha chetlatilgan.
Shu bilan birga, tanlovdan so’ng g’olib deb e’lon qilingan “TA Consult” (Buyuk Britaniya) kompaniyasining narx taklifi 284000 AQSH dollarini tashkil etdi, 227.200 AQSH dollarlik chegirmani hisobga olganda.
Shu bilan birga, “TA Consult” ga chegirma berish sharti shartnoma umumiy summasining 70 foizini oldindan to’lashni nazarda tutadi, shartnoma shartlariga ko’ra (shartnoma tanlov hujjatiga ilova), oldindan to’lash shartnomaning umumiy qiymatining 50 foizini tashkil etishi kerak.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Raqobat to’g’risida” gi qonunning 14-moddasi bo’yicha o’rnatilgan tartibda ish qo’zg’atilib, Qo’mita maxsus komissiyasi tomonidan aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish ko’rsatmasi berildi.
Ammo, “Xalq banki” AJ ushbu qaror ustidan yuqori turuvchi instatsiya sudga da’vo arizasi bilan chiqdi. Sud o’z o’rnida barcha ma’lumot va hujjatlarni o’rganib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan berilgan ko’rsatmani bajarilishi yuzasidan qaror qabul qildi.
Monopoliyaga qarshi kurashi qo’mitasi Matbuot xizmati