Abdukarimov Dilshodbek Atabekovich – Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Dilshod Abdukarimov 1981-yil 2-aprel kuni Xorazm viloyati Xiva shahrida tavallud topgan.
Mehnat faoliyati:
1999-2003 yy – Urganch Davlat Universiteti talabasi
2003-2003 yy – Urganch melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi
2003-2004 yy – Harbiy xizmatda
2005-2005 yy – Xorazm “Maʼmun” akademiyasi katta laboranti
2005-2005 yy – Xorazm viloyat Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi
2005-2007 yy – Oʻzbekiston Respublikasining Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bosh mutaxassisi
2007-2008 yy – Oʻzbekiston Respublikasining Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari
2008-2008 yy – Oʻzbekiston Respublikasining Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi
2008-2010 yy – Oʻzbekiston Respublikasining Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni taʼminlash va reklama bozorini tartibga solish boshqarmasi boshligʻi
2010-2012 yy – Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilinishini taʼminlash va reklama bozorini tartibga solish shoʻbasi bosh mutaxassisi
2012-2013 yy – Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilinishini taʼminlash va reklama bozorini tartibga solish shoʻbasi boshligʻi
2013-2017 yy – Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining “Reklama faoliyatini nazorat qilish va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya etish” boʻlimi boshligʻi
2017-2017 yy – Hududiy boshqarma “Reklama faoliyatini nazorat qilish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya etish” boʻlimi bosh mutaxassisi
2017-2018 yy – Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining “Raqobat muhitini rivojlantirish” boʻlimi boshligʻi
2018 – 2019 yy – Hududiy boshqarmaning “Reklama faoliyatini nazorat qilish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya etish” boʻlimi boshligʻi
2019-2020 yy – Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – “Tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish, ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, til biriktirishlari va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish” boʻlim boshligʻi
2020-2021 yy – Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshligʻi