O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
Rajabov Abror Sattorovich 1981 yil 16 iyulda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug’ilgan.
1998-2004 yillar davomida Samarqand qishloq xo’jaligi instituti talabasi bo’lgan.
Mehnat faoliyati davomida:
2004-2006 yy. – Samarqand viloyat monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasining ish yurituvchisi
2006-2007 yy. – Samarqand viloyat monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash hududiy boshqarmasining Tashqi boshqaruv rejimidagi korxonalar faoliyatini nazorat qilish va qishloq xo’jaligi korxonalari bankrotligi, ularni qayta tashkil etish bo’limi boshlig’ining o’rinbosari
2007-2011 yy. – Samarqand viloyat monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash hududiy boshqarmasining Raqobat muhitini tahlil qilish bo’lim boshlig’i o’rinbosari, Tabiiy monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solish bo’lim boshlig’i o’rinbosari, bosh mutaxassisi
2011-2013 yy. – Samarqand viloyat monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasining Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlash va reklama bozorini tartibga solish bo’limi bosh mutaxassisi
2013-2015 yy. – Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasining «Reklama faoliyatini nazorat qilish va iste’molchilar huquqlarini himoya etish» bo’limi bosh mutaxassisi, bo’lim boshlig’i
2015-2018 yy. – Samarqand shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari kotibiyati, kotibiyat mudiri
2018-2019 yy. – Samarqand shahar hokimligi qoshida xo’jalik hisobidagi “Kapital qurilish direktsiyasi” boshlig’i
2019-2019 yy. – Samarqand viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi “Mahalliy hokimiyat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini baholash va nohalol raqobatga chek qo’yish” bo’limi yetakchi mutaxassisi
2020-2021 yy. – Samarqand viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi “Tovar va moliya bozorlarni tahlil qilish, ustun mavqeni suiste’mol qilish, til biriktirishlar va kartel` kelishuvlarga qarshi kurashish” bo’limi bosh mutaxassisi