Mamalakatimiz rahbariyati tomonidan belgilab berilgan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish bo’yicha chora-tadbirlarni ijrosini ta’minlash maqsadida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi vazirlik va idoralar bilan birgalikda, kichik biznes sub’ektlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan import xom–ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va ularning narxlarini, shu bojxona stavkalarini kamaytirish va notarif tartibga solishni (sertifikatlashtirish va boshqa texnik tartibga soluvchi hujjatlar) soddalashtirish orqali pasaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda sizdan, keltirilgan masalalar bo’yicha o’z takliflaringizni asoslantirgan holda quyidagi elektron manzil orqali jo’natishinigizni so’raymiz: info@antimon.gov.uz
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati