O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tabiiy monopoliya sub’ektlarining xizmat va tariflar yuzasidan qilgan murojaatlarini doimiy ravishda o’rganib bormoqda.
Xususan, “Komtextorg“ xususiy korxonasining tabiiy gaz uchun amalga oshirilgan to’lovlari hamda sarflangan hajmlari bo’yicha 2016 yildan 2019 yil 16 oktyabriga qadar bo’lgan muddat uchun oldindan to’lovlari qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan “Hududgazta’minot“ AJga bir necha bor murojaat qilinishiga qaramasdan hozirgi kunga qadar qaytarib berilmaganligi to’g’risidagi murojaati “Hududgazta’minot“ AJ va “O’ztransgaz“ AJlar bilan birgalikda atroflicha o’rganilib chiqildi.
O’rganish natijasiga ko’ra, “Komtextorg“ xususiy korxonasining tabiiy gaz iste’moli uchun, oldindan amalga oshirilgan to’lovlari hisobga olinmaganligi aniqlanib, “O’ztransgaz“ AJ tomonidan tabiiy gaz uchun, ortiqcha olingan 15,7 mln. so’m pul mablag’i “Komtextorg“ xususiy korxonasiga qayta hisob-kitob qilib berilishiga erishildi, hamda, iste’molchining manfaatlari himoya qilindi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati