Tovar bozoridagi ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqariladigan (ko’rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalar o’rganildi.
Jumladan, viloyatdagi “Avtooyna” MCHJ korxonasi bilan buyurtmachilar o’rtasida tuzilgan shartnoma nusxalari tanlov asosida o’rganilganida, 6 ta shartnomaning shartlarida kamsituvchi shartlarni kiritilishi oqibatida ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlariga yo’l qo’yilgan.
Mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarmaning “Maxsus komissiya”si tomonidan “Avtooyna” MCHJga nisbatan buyurtmachilar bilan shartnomalar tuzilishida kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar (sharoitlar) belgilashi holatlari bartaraf etilishini ta’minlash bo’yicha ko’rsatma berildi.
Jamiyat tomonidan mazkur ko’rsatma ijrosi yuzasidan tegishli xujjatlar taqdim etilib, shartnomaga kiritilgan kamsituvchi shartlar qayta ko’rib chiqilganligi, qonun talablariga zid holatlar bartaraf etilganligi va kelgusida bunday kamchiliklarga yo’l qo’yilmaslik va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tuzilayotgan shartnomalarda barcha buyurtmachilarga xususan, tadbirkorlik sub’ektlariga teng sharoitlar yaratilishi ta’minlashi yuzasidan ma’lumot olindi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati