Joriy yilning 13 iyul` kuni O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki sobiq prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha maslahatchisi – Suma Chakrabarti ishtirokida videokonferensiya ko’rinishidagi uchrashuv tashkil qilindi.
Mazkur uchrashuv davomida bir qator masalalar muhokama qilindi.
Jumladan:
– Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasining tovar va moliya bozorlarida olib borilayotgan raqobat siyosati;
– Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yaxshilashga hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning erkinligi, kafolatlari, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda mavjud muammolarni bartaraf etish choralari hamda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha oldiga qo’yilgan maqsadlari;
– O’tgan davr mobaynida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlari hamda Qo’mitaning xodimlarini institutsional salohiyatini yanada oshirish borasida olib borayotgan muzokaralari;
– Tabiiy monopoliya sohasini tartibga solish bo’yicha Qonun hamda normativ-huquqiy hujjatlar hamda ularni takomillashtirish, shuningdek, tabiiy monopoliya sub’ektlarini xususiylashtirishga hamda davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlik sub’ektlariga berishga qaratilgan siyosat;
– Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan Qo’mita tomonidan raqobat muhitiga ta’sirini baholash natijalari asosidagi xulosalari taqdim etishi.
Uchrashuv yakunida, ikki tomon vakillari o’zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni yanada rivojlantirish, hamda kelgusida bu kabi uchrashuvlarni ko’proq o’tkazib turishni kelishib olishdi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati