Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi (regulation.gov.uz)ga qo’yilgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akfa Universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori (ID-19254) loyihasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan Adliya vazirligida 2019 yil 19 aprelda 3155-son bilan ro’yhatga olingan Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasi asosida ko’rib chiqilgan.
Qaror loyihasining ayrim bandlari O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risida”gi Qonuni talablariga zid bo’lganligi uchun, loyihani qonun talablariga moslashtirish maqsadida Qo’mitaning 2020 yil 26 iyundagi 525/02-11-sonli xat bilan vazirlikka tegishli xulosa (https://raqobat.gov.uz/wp-content/uploads/2020/07/id-19254.pdf) berilgan.