Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari va xodimlari uchun koronavirus infeksiyasi profilaktikasi boʻyicha yoʻriqnoma”sini oʻrganib, unda qonun buzilish holatlarini aniqlamadi.
Maxsus komissiyasining qarori va qonunchilik talablaridan kelib chiqib, ayrim hollarda davlat buyurtmachilar tomonidan toʻgʻridan–toʻgʻri xaridlarni amalga oshirishlari mumkin.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ilovasining (Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati) 13 bandida “Epidemiyaga qarshi (shu jumladan veterinariyaga oid) preparatlar, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun kimyoviy vositalar, shuningdek, favqulodda holatlarda vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan tabiat hodisalari, epidemiyalar, kasalliklar tarqalishining oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish uchun boshqa zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)” kiritilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Matbuot xizmati