Monopol korxona hisoblangan “Guliston ekstrakt yog’” AJ tomonidan 1-sort paxta chigiti kunjarasining birja savdolariga qo’yilishi yuzasidan o’rganish o’tkazildi.
O’rganish natijasida korxona tomonidan birja savdolarida paxta chigiti kunjarasining boshlang’ich narxini asossiz oshirib qo’yishi oqibatida iste’molchilardan 316,3 mln. so’mlik ortiqcha mablag’ olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish organi tomonidan kiritilgan da’vo arizasi bo’yicha masala sudda atroflicha ko’rib chiqilib, “Guliston ekstrakt yog’” AJga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va asossiz olingan mablag’larni iste’molchilarga qaytarish choralarini ko’rish belgilandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi