Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Farg’ona viloyati boshqarmasi tomonidan Andijon viloyati, Shaxrixon tumani, Nazarmaxram MFY yashovchi fuqaro A. U. Jalilovning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch” telefoniga Farg’ona viloyati Quvasoy shahridan sotib olingan va keyinchalik sifatsiz xolatga kelib qolgan shifer mahsuloti to’g’risidagi murojaati o’rganib chiqildi.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan o’rganish va sayi-harakatlar natijasida “Quvasoy shifer Xrizotil” MCHJ Qo’shma korxonasi tomonidan 2880000 so’mlik sifatsiz shifer mahsuloti uchun to’langan pul mablag’i fuqaroga to’liq qaytarib berilishiga erishildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati