Respublika chegara o’tkazish punktlarida koronavirusga antigen ekspress test tekshiruvlarini o’tkazish yuzasidan ko’plab shikoyatlar kelib tushayotganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo’yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi, “Uzbekistan airports” AJ, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari va Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga:
O’zbekiston Respublikasiga kirib keluvchi shaxslarga arzon va sifatli koronavirusga antigen ekspress test tekshiruvlarini tashkil etish maqsadida tanlov asosida, jamoatchilikka e’lon bergan holda laboratoriyalarni qayta jalb etish choralarini ko’rish;
koronavirusga antigen ekspress test tekshiruvlarni o’tkazish uchun laboratoriyalarni jalb qilish bo’yicha o’tkaziladigan tanlovning aniq talablarini ishlab chiqish va ommaviy axborot vositalariga joylashtirish;
chegara o’tkazish punktlarida laboratoriyalar faoliyati ochiq raqobat tamoyili asosida tashkil etilishi, chegara o’tkazish punkti orqali kirib keluvchilar soni besh yuz nafardan ortiq bo’lgan punktlarda laboratoriyalar kamida 2 ta bo’lishi hamda ko’rsatiladigan xizmatlar narxlari arzon va sifatli bo’lishi ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Koronavirusga antigen ekspress test tekshiruvlarini o’tkazish xizmatini ochiq raqobat tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi, Transport vazirligi va “Uzbekistan airports” AJ bilan birgalikda yangi tanlov hujjatlari ishlab chiqildi. Tadbirkorlik sub’ektlari orasida teng raqobat muhitini yaratishga qaratilgan shartlar asosida O’zbekiston Respublikasi aeroportlari tomonidan yangi tanlovlar e’lon qilindi.
Samarqand lot № 9108762 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108762
Buxoro lot № 9108799 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108799
Nukus lot № 9108818 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108818
Navoiy lot № 9108771 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108771
Qarshi lot № 9108815 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108815
Termez lot № 9108843 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108843
Andijon lot № 9108749 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108749
Farg’ona lot № 9108814 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108814
Namangan lot № 9108931 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108931
Shuningdek, yaqin kunlarda Toshkent va Urgench aeroportlarida tadbirkorlik sub’ektlari orasida teng raqobat muhitini yaratishga qaratilgan shartlar asosida tanlov e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Ushbu xizmat turlarini ko’rsatish imkoniyatiga ega tadbirkorlik sub’ektlarini tanlovda teng shartlar asosida ishtirok etishlari mumkin.