Bugungi kunda yurtimizda meva va sabzavot mahsulotlari pishib yetilmoqda, ularni iste’moldan ortig’ini chet ellarga eksport qilish ehtiyoji va imkoniyati ortib bormoqda.
Lekin, hududlarda tadbirkorlar tomonidan eksportni amalga oshirishda ayrim muammolar qiynab kelinayotganligi yuzasidan turli xabarlar kelib tushmoqda.
Jumladan, tadbirkorlar boshqa viloyatlardan qishloq ho’jaligi mahsulotlarini sotib olmoqchi bo’lsa, mahalliy hokimliklar tomonidan unga to’sqinlik qilinayotganligi, tadbirkordan o’sha tumanning o’zidan ro’yxatdan o’tgan holda mahsulotni ushbu tuman hisobidan eksportga chiqarish talab etilayotganligi kuzatilmoqda.
03.05.2020y. «Kun.uz» saytida «Mexanizm teskari ishlamoqda» – Eksportchilar uyushmasi rahbari eksportchilarni yillar davomida qiynayotgan muammo haqida» nomli maqola chiqgan.
O’zbekiston Eksportchilari uyushmasi rahbari Muxtor Umarov bilan suhbat chog’ida, ayrim tumanlarda eksportchilar mahsulotini erkin sotish borasida hududiy mas’ullarning turli bosimlarigaduch kelayotganligi xaqida gapiriligan.
Bunday hatti-harakatlar esa O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi qonuni 12-moddasi talablariga zid hisoblanadi.
AZIZ TADBIRKORLAR!!!
Agar Sizda tadbirkorlik faoliyatini olib borishda mahalliy hokimliklar tomonidan shu kabi to’siqlar va tazyiqlar o’tkazilayotgan bo’lsa va/yoki qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilishda qarshiliklar paydo bo’lgan taqdirda Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan murojaatingiz tegishli mutasaddi idoralar jalb etilgan holda o’z vaqtida ko’rib chiqilishi ma’lum qilinadi.
http:// acru.uz/
info@antimon.gov.uz
71 207 48 00
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati