Bugun O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida Rais o’rinbosari Farruh Karabaev, Pol`shalik, Xususiylashtirish sohasi bo’yicha xalqaro ekspert, doktor Ironius Navrovski, Grabarek Marek va Vieslav Kashmareklar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Suhbat davomida mehmonlar Qo’mitaning o’tgan davr mobaynida erishgan yutuqlari, kelgusi rejalari haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
O’z navbatida Yevropaliklar ham o’zlarining tajribalaridan kelib chiqgan holda, bir nechta masalalarda maslahatlari va tavsiyalari bilan o’rtoqlashdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida ikki tomon do’stona aloqalarni saqlab qolishga va kelgusida o’zaro fikr almashib turishga kelishib olishdi.