Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari va Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitalarining qo’shma yig’ilishida “Raqobat to’g’risida”gi Qonunning «O’zbekiston temir yo’llari», «Uzbekistan Airways», «Uzbekistan Airports», «O’zmetkombinat» aktsiyadorlik jamiyatlarida ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hususida so’z bordi. Yig’ilishda mazkur yo’nalishda AJlari tomonidan bir qancha kamchiliklarga yo’l qo’yilgani aniqlandi.
Hususan, O’zbekiston Respublikasining “Temir yo’ transporti to’g’risida”gi Qonunining 3-moddasiga asosan tashish jarayonining uzluksizligini, harakat xavfsizligini va avariya-tiklash ishlari o’tkazilishini bevosita ta’minlovchi temir yo’l transporti korxonalari, umumiy foydalanishdagi temir yo’llar va temir yo’l transportining boshqa mol-mulki mutlaq davlat mulki hisoblanadi. Mazkur normaning qonunchilikda borligi esa, bozorda xizmat ko’rsatish birgina «O’zbekiston temir yo’llari» AJga tegishliligi, bu esa o’z navbatida sohada sog’lom raqobatni rivojlanishiga to’sqinlik qilishiga olib kelmoqda. Jahon tajribasida esa, aksincha, yuk tashish yo’nalishida raqobatni rivojlantirish maqsadida, 50% dan ortiq bozor ishtirokchilari xususiy tashkilotlar hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, raqobatni cheklashga olib kelayotgan qonunchilikdagi ba’zi moddalarni qayta ko’rib chiqish taklifi berildi. Shuningdek, mazkur yig’ilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasini yana bir savol, ya’ni, AJ tomonidan olib borilayotgan ichki yo’nalishda yuk va yo’lovchi tashish uchun qo’llanilayotgan tarif siyosatini qachon qayta ko’rib chiqishi. Zero, amaldagi “10-01 narxnoma” tarifi 2000 yilda ishlab chiqilgan.
Yuqoridagi savolga AJ vakillarining quyidagi javobi olindi. unga ko’ra mazkur tarifni qayta ko’rib chiqish Iqtisodiyot va Transport vazirliklari tomonidan ko’rib chiqish ko’zda tutilgan, ayni kunlar ushbu masala bo’yicha tegishli ishlar olib borpilmoqda ekan.
Shu o’rinda, yig’ilishda yana bir mavzu ko’tarildi, unga ko’ra «O’zbekiston temir yo’llari» AJ tizimida komplaens yo’nalishini tadbiq etish. Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi bu ishni amalga oshirishda o’zining amaliy yordamini taklif etdi, shuningdek, mutaxassislarni malakasini
oshirishda ham o’z yordamini berishga tayyor ekanligini bildirdi.
Yig’ilishning yana bir muhim jihati, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Harakatlar strategiyasi” dagi topshirig’iga asosan, «O’zbekiston temir yo’llari» AJni ikkita alohida tadbirkorlik sub’ektiga ajratish masalasi ko’tarildi. Unga ko’ra, tadbirkorlik sub’ektlaridan biri temir yo’llarining infratuzilmasiga, ikkinchisi tranportirovkaga javob berishi kerak bo’ladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati