Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining xulosasiga koʻra ushbu lavozimga Hasanova Manzura Sodiqjonovna tayinlandi.
Hasanova Manzura Sodiqjonovna 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan (bakalavr, magistr). 2004-yildan -2019-yilgacha Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Axborot” muharririyatining muxbir – reportyori, sharhlovchi, siyosiy sharhlovchi lavozimlarida ishlagan.
2013-yilda “Eng ulugʻ, eng Aziz” Respublika tanlovi gʻolibi.