Mamlakatimizda so’nggi uch yil davomida yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash bo’yicha 43 ta qonun va boshqa me’yoriy xujjatlar qabul qilindi. 70 ga yaqin normativ-huquqiy xujjatga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Ushbu yo’nalishdagi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Yoshlar masalalari bo’yicha Respublika idoralararo Kengashi tuzildi. Shuningdek, 30 iyun sanasi O’zbekistonda Yoshlar kuni deb e’lon qilindi.
Shulardan kelib chiqib, 2020 yil 16 yanvar kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi Sharipov Najmiddinxo’ja Shuhratovich va Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o’rinbosari Omonov Farrux Farxodjonovich boshchiligida Qo’mitaning Markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarida faoliyat olib borayotgan yoshlari bilan videoselektor ko’rinishida uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuv davomida Qo’mitada 2019 yilda yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularga shart-sharoitlar yaratish, uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 2 nafar yosh xodimga imtiyozli ipoteka kreditlari ajratilgani, bundan tashqari,
4 nafar yosh xodimlarni Qo’mitaning tavsiya bilan Oliy ta’lim tashkilotiga imtiyozli, ya’ni suhbat orqali o’qishga kirishga ko’mak berilgani alohida ta’kidlab o’tildi.
Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni kelgusida ham, samarali tashkil etish, 2020 yilda O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga muljallangan chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
Uchrashuvda shuningdek, yosh xodimlar o’zlarining Qo’mita faoliyatiga taaluqli fikrlari va tavsiyalari bilan o’rtoqlashishdi. Kelgusida bu kabi tadbirlarni davomiy o’tkazishga kelishib olindi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati