Malayziyalik hamkasblar tashabbusi bilan o’tkazilayotgan videokonferentsiyada O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va Malayziya raqobat komissiyasi rahbariyati o’rtasida hamkorlikning maqsad va istiqbollari muhokama qilindi.
Birinchidan, normativ – huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda tajriba almashish va maslahat olish;
Ikkinchidan, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi, sud organlari, viloyat hokimliklari va monopol korxonalar vakillari uchun mavzuga oid tadbirlar o’tkazish uchun Malayziya raqobat komissiyasi ekspertlari, professor va sudyalarni jalb etish;
postpandemiya davrida kadrlar almashinuvini amalga oshirish.Bundan tashqari, 2020-2024 yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasida nazarda tutilgan ayrim chora-tadbirlarni amalga oshirishda ko’maklashish bo’yicha hamkorlik uchun qo’shimcha yo’nalishlar taklif etilmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati