Joriy yilning 19-iyul kuni Sirdaryo viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasiga Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Shohista Ismoilovaning murojaati kelib tushdi. Murojaatda aytilishicha, Sh. Ismoilova “Artel ” rusumli sovitgich sotib olgan va “Samsung servis” MCHJ tomonidan xonadoniga oʻrnatgan.
Biroq sovitgich yoqilganda uni ishlamayotgani maʼlum boʻlgan. Shu kuniyoq fuqaro Sh. Ismoilova sovitgich sotib olgan doʻkonga murojaat qilgan. Maʼlumki, amaldagi qonunchilikka muvofiq nuqsonli tovar yo almashtirib berilishi yoki uning qiymati qaytarilishi kerak.
Biroq, bu holatda buning tamom aksi boʻldi. Isteʼmolchining sayo-harakatlari samara bermadi. Uning bir necha marotaba turli idoralarga qilgan murojaatlari javobsiz qoldi.
Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining aralashuvi natijasida, isteʼmolchining poymol boʻlgan huquqi tiklandi – nuqsonli sovitgich yangisiga almashtirib berildi