Qoʻmitaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtgan davr mobaynida raqobat toʻgʻrisidagi qonun talablarini bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish ishlari davom ettirildi.
Boshqarma tomonidan oʻtkazilgan tahlil va oʻrganishlar natijasida 23 holat boʻyicha ish qoʻzgʻatildi va 3 holatda 514 mln. 938,7 ming soʻm asossiz daromad olingani aniqlandi.
”Guliston ekstrakt Yogʻ” AJ faoliyati oʻrganilganda, jamiyat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktyabrdagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 36-bandi talablarini buzilishi holatlari aniqlangan. Natijada, hududiy boshqarma tomonidan jamiyatga asossiz olingan 316 mln. 290,1 ming soʻmni maxsus hisob raqamiga ixtiyoriy oʻtkazib berilish boʻyicha koʻrsatma berildi.
Shuningdek, oʻrganish davomida viloyat gaz taʼminoti korxonasi boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktyabrdagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 36-bandi talablari buzilishi natijasida 79 mln. 129,2 ming soʻm asossiz daromad olingani aniqlandi va hududiy boshqarma tomonidan asossiz olingan daromadni qayta hisob–kitob qilish boʻyicha koʻrsatma berildi.