Kasbi tuman “Kinovideo” MCHJning 2019 yil 12 dekabrdagi 27-sonli murojaatida Kasbi tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2017 yilning 1 avgust holatiga jamiyatga foydanilmagan 31 501 kVt/soat yoki 10 365 000 so’m qarzdorlik noto’g’ri hisoblanganligini, o’sha davrda haqiqatda hisoblagich ko’rsatkichi 3 500 kVt/soatni tashkil etganligi, tadbirkor tomonidan elektr ta’minoti korxonalarga qilgan shikoyatlari natija bermasdan, korxonada
elektr energiyasi ta’minoti bo’lmasligi ularning faoliyat ko’rsatishga jiddiy to’siq bo’layotganligini bildirgan.
Ushbu murojaat hududiy boshqarma tomonidan belgilangan tartibda ma’lumot olish yo’li bilan o’rganildi. “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJning ma’lumotiga ko’ra Kasbi tuman “Kinovideo” MCHJning nomiga iste’molchi kodi (hisob raqami) ochilmaganligi, lekin bino joylashgan joyda X. Xudoyberdiev nomiga “Nikoh uyi” deb 460619-son iste’molchi kodi (hisob raqami) ochilgan.
Murojaatni o’rganish jarayonida, Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan X. Xudoyberdiev nomiga “Nikoh uyi” binosida elektr ta’minoti uchun o’rnatilgan elektr hisoblagichning ichki holati nosozligi va ushbu elektr hisoblagich davlat qiyoslash va sertifikatlash markazidan ko’rikdan o’tkazilib, ko’rib chiqilishi lozimligi tushuntirilgan.
Shundan so’ng, o’rnatilgan elektr hisoblagichning standart talablariga mosligi yuzasidan ko’rikdan o’tkazilganda, Qashqadaryo viloyat Sinov va sertifikatlash markazi tomonidan mazkur elektr hisoblagich qiyoslov (metodika poverki) talablariga mosligi aniqlanib, 2019 yil 24 dekabr` kuni 125888-sonli qiyoslash sertifikati taqdim etilgan.
O’rganish jarayonida, “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur korxonaga elektr energiyasidan 10 365 000 so’m miqdorida qarzdorlik Kasbi TETK ning sobiq xodimi tomonidan PK “Elektr hisob” dasturiga 31 501 kVt/soat asossiz kiritilganligi aniqlanib, iste’molchiga qarzdorlik qayta hisob-kitob qilib berildi. Natijada yana bir tadbirkorning manfaatlari himoya qilinishi ta’minlandi!
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati