Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2020 yil 1 maydagi yig’ilish bayoni bilan neft` mahsulotlarini neft` bazalaring sig’imlarida saqlash (quyish va to’kish hisobga olingan) bo’yicha xizmatlar ko’rsatish uchun tariflar belgilangan va mazkur bayon bilan narxlarni to’g’ri qo’llanilishini nazorat qilish Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga yuklatilgan.
Nazorat vazifasini amalga oshirish maqsadida “Guliston neft` bazasi” MCHJ tomonidan birja bitimlari orqali sotilgan avtomobil` benzini va dizel` yoqilg’isini yuklab jo’natishda xaridorlardan undirilgan to’lovlar o’rganildi.
Natijada, 2020 yil 1 maydan boshlab “Guliston neft` bazasi” MCHJ tomonidan mahsulotni xaridorga yuklab jo’natishda bajarilgan xizmatlar uchun tasdiqlangan tarifdan tashqari qo’shimcha ravishda xaridordan har bir tonna mahsulotga 807 ming so’mdan jami 39,0 mln.so’mlik to’lovlar undirilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining ko’rsatmasiga ko’ra neft` baza tomonidan mahsulotni yuklab jo’natishda bajarilgan xizmatlar uchun qo’shimcha ravishda asossiz undirilgan 39,0 mln.so’mlik to’lovlarning xaridorlarga to’liq qaytarilishi ta’minlandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati