Qo’mita tomonidan 21 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida “Milliy istiqlol uchun kurashgan jadidlar” mavzusida M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Avloniy, A.Qodiriy, Munavvarqori, Ibrat, Cho’lpon kabi siymolar adabiy merosini faol targ’ib etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo’lib o’tgan tadbirda filologiya fanlari doktori, professor N.Jabborov, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori M.Yunusov, O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori SH.Hojieva, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi o’rinbosari B.Ummatov va Qo’mita raisi maslahatchisi G.Qodirova tadbir ishtirokchilariga jadidlar va ularning ma’rifatparvarlik g’oyalari, milliy tilimiz rivoji yo’lida olib borgan faoliyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan tayyorlangan mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi.
Tadbirning ikkinchi qismida Qo’mita xodimlari Adiblar hiyobonini ziyorat qilishib, Navoiy haykali poyiga gullar qo’yishdi.