«Kurbanoff.net» telegram kanalida «Все таки автомобиль в Узбекистане больше чем автомобиль» (muallifning tinish belgilari saqlanib qolgan) sarlavha nomi bilan post e’lon qilindi. Unda iste’molchilarga yangi «Captiva» avtomobiliga 2022 yil yanvar oyining so’ngiga yetkazib berish sharti bilan shartnomalar taqdim etilayotgani haqida yozilgan.
Shuningdek muallif Shuhrat Qurbonov shartnomalarda narx o’zgargan taqdirda qo’shimcha to’lovlar mavjudligini eslatuvchi band borligiga e’tibor bergan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi ushbu holat yuzasidan (post muallifida mavjud bo’lgan xujjatlarni) o’rganish o’tkazishini ma’lum qiladi.