Oʻzbekiston Prezidentining 2021-yil 29-martdagi PQ–5043-sonli Qaroriga asosan Sharaxmetov Shaxrux Shaturgunovich Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Raisi etib tayinlandi.
Sharaxmetov Shaxrux Shaturgunovich 1977-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999-yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini tamomlagan.
2000-2001 yy. — Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Uslubiyat va huquqiy ekspertiza boshqarmasi boshligʻi.
2003-2005 yy. — Iqtisodiyot vazirligi Rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va monitoringi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.
2005-2006 yy. — Iqtisodiyot vazirligi Makroiqtisodiy parametrlar prognozlari monitoringi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.
2006-2007 yy. — Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasining axborot-tahlil guruhi mudiri.
2007-2017 yy. — Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi.
2017-2018 yy. — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari.
2018-2019 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparati bosh konsultanti.
2019-2019 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsion va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchi boʻlinmasi bosh konsultanti.
2019-2020 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari.
2020-2021 уу. — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari.