O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida, mavjud monopolistik sohalarda xususiy sektorga keng imkoniyatlar yo’lini ochishni, shu bilan birga ushbu sohalarda sog’lom raqobat va sog’lom raqobat muhitini shakllantirishni, shuningdek, mazkur yo’nalishlarda davlat ishtirokini keskin kamaytirishni ta’kidladi.
Mamlakat rahbarining belgilab bergan mazkur yo’nalishlardagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida raqrbat muhitini rivojlantirish bo’yicha islohotlarni tezlashtirish bo’yicha
loyihalashtirish idorasi tashkil etilib, raqobat muhitini rivojlantirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi. Mazkur “Yo’l xaritasi” muhim bo’lgan quyidagi yo’nalishlarni realizatsiya qilish bo’yicha aniq 12 ta chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi.
hudud va tarmoqlar darajasida raqobat muhiti holatini diagnostikasi;
biznesni rivojlantirish uchun qo’shimcha zahiralarni aniqlash va biznesni yanada soddalashtirish;
biznes uchun ma’muriy va tartibga solish yukini kamaytirish;
raqobatni himoya qiluvchi profilaktik mexanizm va monopoliyaga qarshi kurashish kompleansini joriy etish;
raqamli texnologiyalar va boshqa imkoniyatlarni keng qo’llagan holda “aqlli” tartibga solishning progressiv modelini yaratish bilan monopoliyaga qarshi tartibga solishni o’zgartirish.
Loyiha idorasining asosiy vazifalari, raqobat muhitini tizimli diagnostika qilish, ayrim tarmoqlar va hududlarda raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqarishda ko’maklashish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ma’muriy yukini va harajatlarini kamaytirish bo’yicha takliflar, tabiiy monopoliyalarning hududlarini raqobat bozoriga o’tishidagito’siqlarni bartaraf etish choralari, davlatning iqtisodiyotda ishtirok etish darajasini bosqichma-bosqich pasaytirish, xalqaro moliyaviy yordamning jalb etilishi va “Yo’l xaritasi”ni amalga oshirish uchun institutlarni tashkil etish.
“Yo’l xarita”ning amalga oshirilishi natijasida, 2022 yilga kelib, monopoliya qilingan bozorlar sonini 25 foizga qisqartirish, sanoat mahsulotlarining ulushini 21 foizga kamaytirish, xizmatlarning umumiy hajmida monopolistik xizmat turlarining ulushini 6 foizga kamaytirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini pasaytirish kutilmoqda. YAIMning 40 foizigacha, litsenziyalar va litsenziyalash tartib-qoidalarining sonini kamida 30 foizga qisqartirish ko’zda tutilgan.
Mazkur loyihalarda ishtirok etish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) kabi xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek, Deloitte, Ernst&Young, SmartGov consulting singari yetakchi tashkilotlar jalb etilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati