O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi o’rinbosari Bekzod Ummatov va Qo’mitaning hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbati mavzusi – O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi huzurida tashkil etilgan Tovar bozorlarini tahlili va prognozlashtirish markazining funktsiyalari va rejalari bilan tanshtirishdan iborat bo’ldi.
Yangi tashkil etilgan Markaz oldiga qo’yilgan asosiy vazifalardan biri – ichki va tashqi bozorlardagi narxlarni interaktiv tahlil qilishdir.
Bo’lib o’tgan davra suhbatida shuningdek, birja orqali sotilayotgan mahsulotlarni asosiy turlari narxlarining ustidan monitoring olib borishda Qo’mita va Birja o’rtasida o’rnatilgan o’zaro axborot almashish holati, suyultirilgan gaz, shakar va boshqa tovar pozitsiyalarini birja savdolari orqali sotishda cheklovlarni olib tashlanishi, iste’molchilar tomonidan ijobiy qabul qilingani, hamda Birjani Qo’mitaning hududiy boshqarmalari bilan o’zaro hamkorlik qilishini yo’lga qo’yish masalalari to’g’risida fikr almashildi.
Davra suhbati yakunida respublikada sog’lom raqobat muhitini yanada rivojlantirish maqsadida o’zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati