Monopoliyaga qarshi kurashishi qo’mitasi tomonidan sayyor qabul orqali tadbirkorlar bilan o’tkazilayotgan uchrashuvlarning birida Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan “Nasaf oltingugurt kimyo” MCHJ rahbari bug’doyni eksport qilishda temir yo’l tarifiga chegirmalar nazarda tutilgan bo’lsada, “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK tomonidan mazkur chegirmalar inobatga olinmasdan yuqori tariflar qo’llanilayotganligi va ushbu masalada
amaliy yordam so’rab murojaat etgan.
Mazkur murojaatni o’rganish jarayonida, Eksport salohiyatini rivojlantirish bo’yicha Respublika komissiyasining 2019 yil 13 sentyabrdagi 15-son bayoniga muvofiq eksport qiluvchi korxonalarga bug’doy va un mahsulotlarini eksport qilishda temir yo’l tariflari bo’yicha imtiyozlar belgilanganligi aniqlandi.
Shuningdek, “Qarshi temir yo’l uzeli” UK tomonidan “O’zbekiston temir yo’llari” AJ topshirig’iga asosan 2019 yil 22 oktyabr kuni yuk jo’natuvchi “Nasaf oltingugurt kimyo” MCHJga 800 tonna bo’g’doy uchun temir yo’l tarifiga 0,55 koeffitsient qo’llab chegirma berilishi shartligi ma’lum bo’ldi. Lekin ushbu chegirma amalda tadbirkorga qo’llanilmagan.
Shunga asosan, “Qarshi temir yo’l uzeli” UK tomonidan ixtiyoriy ravishda “Nasaf oltingugurt kimyo” MCHJga bug’doy eksporti uchun temir yo’l tarif bo’yicha hisoblangan 120 048 483 so’m xizmat haqi tegishli chegirma
imtiyozlarni qullagan xolda qayta hisoblab chiqilib, haqiqatda tadbirkor 66 026 666 so’m xizmat haqi to’lashi lozimligi aniqlagan. Natijada 54 021 817 so’mlik ortiqcha olingan to’lov “Nasaf oltingugurt kimyo” MCHJga qaytarib hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati