Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga «Bunyod Metan Gaz» MCHJ bir muammoni hal etishda ko’mak berishimizni so’rab murojaat etdi. Gap shundaki, «O’ztransgaz» AJning hududiy filiali bilan ular o’rtasida deyarli 91 million so’mga yaqin summalik tushunmovchilik hosil bo’lgan.
Ya’ni, «Bunyod Metan Gaz» MCHJ vakillari «O’ztransgaz» AJning hududiy filiali bilan metan gazini (SN4) yetkazib berish bo’yicha 2018-2019 yillar uchun shartnoma tuzgan. Shartnomaga ko’ra, har bir metan yetkazilishidan oldin, buyurtmachi oldindan puluni to’lashi kerak bo’lgan. Lekin, 2018 yilning 15 noyabr sanasida metanga bo’lgan tarif narxi oshadi, «O’ztransgaz» AJning
hududiy filiali esa, buyurtmachining to’lovni oldindan amalga oshirgani uchun, imtiyozli davrini hisobga olmasdan yangi tarif bo’yicha hisob-kitobni olib borgan.
Qo’mitaning hududiy boshqarmasi hodisani batafsil o’rganib, «O’ztransgaz» AJning hududiy filialiga o’rnatilgan tartibda «Bunyod Metan Gaz» MCHJ tomonidan amalga oshirilgan to’lovlarni
qayta hisob-kitob qilishga ko’rsatma berdi. Natijada «Bunyod Metan Gaz» MCHJ hisob raqamiga
90 074 978,28 so’m mablag’ qaytarib berildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati