Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi “Raqobat muhitini yana-da rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan, yana ikkita xoʻjalik yurituvchi korxonalar yaʼni, “Qizilqum sement” va “Asaka bank” Aksiyadorlik jamiyatlarida Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2019-yil 19-martdagi “Qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Qoʻmitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2021-yil 1-yarim yillikda Karmana, Xatirchi, Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahar hokimliklarining qabul qilgan qaror, farmoyish, yigʻilish bayonlari va aloqa xatlari xatlovdan oʻtkazildi. Ushbu shahar va tuman hokimliklari tomonidan chiqarilgan va qabul qilingan jami 12617 ta normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan oʻtkazildi. Natijada, 32 holatda qonun buzilish alomatlari aniqlanib Qoʻmitaning hududiy boshqarmasi tomonidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Qoʻmitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaat boʻyicha 1 161 525 738 ming soʻm mablagʻ qaytarildi. Xususan, “MILK FOOD TRADE” MCHJga 331 224 300 soʻm, “KINORI SA» MCHJga 428 355 000 va “LOKOMOTIV ISTIROHAT BOGI” MCHJga 258 750 000 soʻm hisobidagi qaytarishga erishilgan mablagʻlar isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun qoʻllanilgan notoʻgʻri tariflar va asossiz qarzlar boʻlgan.
Dasturimizni tender savdolari bilan bogʻliq maʼlumotlar bilan davom ettiramiz. Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yil 1-yarim yillikda hududda oʻtkazilgan jami 398 milliard 700 million soʻmlik 180 dan ortiq savdolar oʻrganildi va ularning 120 tasida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 26 ta buyurtmachilarga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, tegishli koʻrsatmalar berildi hamda 22 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar sud organiga yuborildi. Bundan tashqari, 10 holatda qatnashchilar orasida afillanganlik holatlari topilib, maʼlumotlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga berildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi qaroriga asosan, jami 251 milliard 400 million soʻmlik 71 ta tanlov savdolarida ishtirok etib, byudjet mablagʻlaridan 20 milliard 600 million soʻm iqtisod qilinishga erishildi.