Farzand tarbiyasi ota-onaning muqaddas burchi sanaladi. Lekin, ba’zi hollarda taqdir taqozosi bilan ya’ni onaning vafoti, otaning chet elga ketishi oqibatida, ushbu burch oiladagi katta farzand bo’yniga ham tushishi mumkin. Toshkent shahar, Uchtepa tumani, “Vatan” MFYda yashovchi Ominabonu Nuriddinova yosh bo’lishiga qaramay oilasidagi barcha katta yumushlarni o’z bo’yniga olib, ikki ukasiga ham ota, ham onalik vazifasini o’tab kelmoqda.
Ominabonuning oilasiga o’xshash qiyin vaziyatga tushib qolgan oilalarga mamlakatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan “Mahallabay” tizimi orqali yordam berish, turmush tarzini yaxshilash kabi bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga biriktirilgan Uchtepa tumanidagi 10 ta mahallada, homiy tashkilotlar bilan hamkorlikda hayr sahovat ishlari amalga oshirildi.
Xususan, mahallalardagi 14 ta xonadondagi bemorlarga zarur bo’lgan dori-darmonlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj 20 ta oilaga umumiy qiymati 18 millionlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
INTERVYU: Guljahon Sharieva – “Vatan” MFY raisi
Shular bilan birga Qo’mita tomonidan mahallalarda “na’munaviy mahalla” qiyofasini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, aholi turmush darajasini oshirish hamda u yerda yangi kichik biznes va xizmat ko’rsatish ob’ektlarini tashkil etish orqali “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarning bandiligini ta’minlash bo’yicha tegishli chora-tadbirlar davom etirilmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati