O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Farg’ona viloyati hududiy boshqarma tomonidan Farg’ona shahar, A.Qodiriy ko’chasi 96-uyda yashovchi fuqarolaridan belgilangan standartlarga mos bo’lmagan issiq suv va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblardan norozi bo’lib qilgan murojaati o’rganib chiqildi.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan sa’yi-harakatlar natijasida fuqarolarga xizmat ko’rsatuvchi Farg’ona viloyati “Issiqlik manbai” ICHDK tomonidan ishlab chiqarilayotgan issiq suv va issiqlik energiyasi lozim darajada harorat va bosimga ega bo’lmayotganligi sababli 2019-2020 yil kuz qish mavsumi uchun 22,0 mln. so’mlik assosiz hisob-kitoblar oldi olindi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati