“Santex Remont Nukus” MCHJ Qoraqalpog’iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga tanlov natijalarining qonuniy o’tkazish buyicha yordam so’rab murojaat etdi. Joriy yilning 19 mart sanasida “10 sonli ko’zi ojiz va chala ko’rivchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati” tomonidan imoratini ta’mirlash ishlarin olib borish maqsadida maxsus axborot portalida tanlov e’lon qiladi. Mazkur ishning boshlang’ich narxi – 469 158 000 so’mni tashkil etdi. Tanlov natijalaridan “Santex Remont Nukus” MCHJ noroziligi yuzasidan murojaatni, Qo’mita mutaxassislar tomonidan o’rganildi.
O’rganishlar natijasida, maktab imoratini ta’mirlash bo’yicha tanlov savdolarini o’tkazish «Davlat xaridlari to’g’risida»gi qonun talablariga zid ravishda qabul qilingani aniqlandi. Mazkur maktab direktori tomonidan qabul qilingan majlis bayonida jamiyatlar tomonidan taklif qilingan hujjatlar haqida ma’lumotlar kiritilmaganligi va murojaat etgan jamiyatni asossiz tanlov savdolariga kiritmasdan bayonnoma tuzilganligi, mazkur majlis bayonini haqiqiy emasligi va “Nukus Texnostroy Aktiv” MCHJ bilan tuzilgan shartnoma bekor qilish haqida Qo’mita tomonidan Nukus tumanlar aro iqtisodiy sudiga davo arizasi kiritildi va Sud qaroriga ko’ra, tuzilgan shartnoma haqiqiy emas deb topildi.
O’z navbatida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi barcha tadbirkorlik sub’ektlariga eslatib o’tadi. Agar, siz ham yuqoridagi holatga uchrayotgan bo’lsangiz. Qo’mitaning quyidagi manzillariga o’z murojaatingizni jo’natishingiz mumkin.
Sayt antimon.gov.uz
Elektronniy manzil info@antimon.gov.uz
Telefon 712 074 800
Monopoliyaga qashi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati