2019 yilning noyabr oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga “Colgate-Palmolive Company” kompaniyasi vakilidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda aytilishicha, mazkur bozorda faoliyat yuritayotgan “Dentafill Plyus” MCHJ unga tegishli bo’lgan “COLGATE” tovar belgisiga juda o’xshash bo’lgan “GALAXY” tovar belgisi ostida tish yuvadigan cho’tka ishlab chiqarib sotayotgani va bu bilan O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risida”gi Qonunining 13-moddasi buzilgani bayon qilingan.
Ushbu murojaat belgilangan tartibda o’rganib chiqildi va haqiqatda xam yuqorida keltirilgan qonunchilik talablari buzilishiga yo’l qo’yilgani qayd etildi.
Raqobat to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq, intellektual mulkka nisbatan mutlaq huquqni buzilishi bilan bog’liq masalalar, qachonki ushbu xolat o’zaro raqobatlashuvchi sub’ektlar o’rtasida sodir etilgandagina ko’rib chiqiladi. Olib borilgan o’rganishlarni ko’rsatishicha, “Colgate-Palmolive Company” kompaniyasi va “Dentafill Plyus” MCHJ bir xil mahsulotni (tish cho’tkasi) ishlab chiqaradi va realizatsiya qiladi, demak ular o’zaro raqobatlashuchi sub’ektlar hisoblanadi.
“Dentafill Plyus” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotni “Colgate-Palmolive Company” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o’xshashligini aniqlash maqsadida, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga murojaat qilindi va ushbu agentlik xulosasiga ko’ra (tovar belgisini rangi xarflarni joylashishi, ularni shakli) “Dentafill Plyus” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga juda o’xshashligi, ya’ni ushbu jamiyat tomonidan kompaniyaga tegishli bo’lgan tovar belgisidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo’ldi.
Yuqorida qayd qilinganlarni hisobga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risida”gi Qonuning 12 moddasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi №225-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo’zg’atish va ularni ko’rib chiqish tartibi to’g’risida nizom”ning 11-bandiga muvofiq, “Dentafill Plyus” MCHJ tomonidan O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risida”gi Qonuning 13-moddasi, birinchi qismini uchinchi va to’rtinchi xatboshilari buzilishi bo’yicha ish qo’zg’atildi va ushbu to’g’risida tomonlar xabardor qilindi.
Qo’zg’atilgan ish bo’yicha hujjatlarni ko’rib chiqib, ishtirokchilarining dalillari va tushuntirishlarini o’rgangan holda, Maxsus komissiya raqobat to’g’risidagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda, “Dentafill Plyus” MCHJ
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni etiketkasida foydalanilgan “GALAXY” tovar belgisi (rangi, xarflarni joylashishi, ularni shakli) “Colgate-Palmolive Company” kompaniyasining “COLGATE” tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida u bilan o’xshash bo’lgan tovar belgisidan foylanganini aniqladi, bu esa insofsiz raqobat holati deb talqin qilinadi.
Olib borilgan o’rganishlar natijasida, O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risida”gi Qonuning 12 moddasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi №225-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo’zg’atish va ularni ko’rib chiqish tartibi to’g’risida nizom”ning 20 va 22-bandlariga muvofiq, “Dentafill Plyus” MCHJ “Raqobat to’g’risida”gi qonunning 13-moddasi talablari buzilishini to’xtatish va kelgusida bunday holatlarga yo’l qo’ymaslik to’g’risida ko’rsatma berildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati