2020 yil 2 martdan 6 martigacha Toshkentda O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim loyihasi bo’yicha muzokaralarning 5-bosqichi bo’lib o’tmoqda. Ushbu muzokaralar guruhida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi vakillari ham ishtirok etishmoqda.
Tadbir davomida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi vakillari Yevropa tomoni bilan raqobat to’g’risidagi qonunni qo’llash masalalari, eksport va import monopoliyalarini tayinlash muammolari, shuningdek, imtiyoz va preferentsiyalarga ega bo’lgan davlat korxonalari va korxonalarining faoliyati masalalarini muhokama qildilar.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati