Joriy yilning 9 oyi mobaynida da Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidani qtisodiy konsentratsiya boʻyicha bitimlar tuzish bilan bogʻliq jami 156 ta murojaat koʻrib chiqildi. Shundan, 23 tasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari va ulushlarini sotib olish boʻyicha, 57 tasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshilib olish boʻyicha.
Natijada 108 ta holat boʻyicha bitim tuzishga rozilik berildi, 48 ta holat boʻyicha monopoliyaga qarshi organ roziligi talab etilmasligi maʼlum boʻldi.
Iqtisodiy konsentratsiya boʻyicha bitimlarni tuzish boʻyicha tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish dinamikasi
- 2018 y.
- 2019 y.
- 2018 y.
- 2019 y.
Olib borilgan oʻrganishlar davomida tegishli tovarlar bozorlari tahlil qilindi, natijada rejalashtirilayotgan qoʻshilib ketishlar va aksiyalarni (ulushlarni) sotib olinishi tegishli bozorda raqobatni cheklashi yoki maʼlum bir xoʻjalik yurituvchi subyektni ustun mavqega ega boʻlib qolishiga olib kelmasligi maʼlum boʻldi.
Eslatma: Bitimda ishtirok etayotgan yuridik shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum eng kam oylik ish haqining yuz ming barobari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlsa, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshilib ketishi yoki qoʻshib olinishi yoxud xoʻjalik yurituvchi subyektning 50 foizdan ortiq aksiyalarini (ulushini) tasarruf etish boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining oldindan ruxsati olinadi.