Albatta, bu ibora ilm-fan o’rganishiga qaratilgan. Ammo biz uni to’g’ridan to’g’ri bugungi kun talablariga bog’ladik. Uyingizda chiroq tez-tez o’chib tursa, o’zizni o’rta asrlar donolariga tenglashtirib o’tirmaysiz. Zamon talabi boshqacha…
Qamashi tuman, Qiziltepa MFY, Ibn Sino ko’chasi, 35-uyda yashovchi fuqaro Umrzoqova Rayxon murojaat qilib, fuqaro yashab turgan ko’chada elektr energiyasi kuchlanishi juda pastligi, hatto kech qorong’u tushgan vaqtlarda umuman yorug’i yo’qligi buning natijasida bolalar kitob o’qishlarining ham imkoni bo’lmayotganligi sababli ko’chaga elektr energisi kuchlanishini talab darajasida bo’lishi uchun bir dona transformator o’rnatib berilishi bo’yicha bir necha marta tuman hokimligi va elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga murojaat qilgan bo’lishiga qaramasdan murojaati bo’yicha hech qanday natija bo’lmaganligi;
Qamashi tumani hokimligi binosida o’tkazilgan sayyor qabul jarayonida, Qamashi tumani, Qiziltepa MFYda yashovchi fuqaro Manzura Ulasheva murojaat qilib, fuqaroning xonadoni yangi qurilganligi sababli, elektr energiyasi bilan ta’minlanmaganligi, bu borada bir necha marta tuman hokimligi va elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga murojaat qilgan bo’lishiga qaramasdan murojaati bo’yicha hech qanday natija bo’lmaganligi yuzasidan murojaat
qilganligi;
Xuddi shunday Qarshi shahar hokimligi binosida o’tkazilgan sayyor qabul jarayonida, Qarshi tumani, Quyibeshkent MFY, Mehnatobod ko’chasida yashovchi fuqaro Dildor Amirovna Xamraeva murojaat qilib, fuqaroning xonadoni yangi qurilganligi sababli elektr energiyasi bilan ta’minlanmaganligi bu borada bir necha marta tuman hokimligi va elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga murojaat qilgan bo’lishiga qaramasdan murojaati bo’yicha hech qanday natija bo’lmaganligi yuzasidan ma’lum qilingan.
Xususan, Qamashi tumani, Qiziltepa MFYda yashovchi fuqaro Manzura Ulasheva, Qiziltepa MFY, Ibn Sino ko’chasi, 35-uyda yashovchi fuqaro Umrzoqova Rayxon va Qarshi tumani, Quyibeshkent MFY, Mehnatobod ko’chasida yashovchi fuqaro Dildor Amirovna Xamraevalarning qilgan murojaatlari sayyor qabul jarayonida “Qashqadaryo XET” AJ va viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan o’rganib chiqildi va fuqarolar xonadoniga yangi elektr energiyasi liniyalari o’rnatilib past kuchlanishi bo’lgan xonadonlarga qo’shimcha zamonaviy liniyalarni montaj qilinishi natijasida elektr energiyasi kuchlanishi me’yor darajasiga keltirildi.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlari alohida e’tiborga olinib ijobiy hal etilganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va uning hududiy boshqarmasiga tashakkurnoma izhor etildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati