O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali kelib tushgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori loyihasi yuzasidan qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash bo’yicha xulosa taqdim etildi.
Mazkur qaror loyihasida tadbirkorlik sub’ektlariga ortiqcha tartib taomillar, litsenziya va ruxsatnoma berish tusidagi talablarini o’rnatish, qo’shimcha xarajatlar qilishga undash holatlari, xo’jalik boshqaruvi organiga davlat organi vakolatini berish va boshqa raqobat qonunchiligi zid normalar kiritilgan.
Xususan, tadbirkorlik sub’ektlariga ortiqcha xarajatlar va mahsulot tan-narxini oshishiga olib keluvchi birja savdolarida sotilgan sement va qurilish oynasi hajmidan kelib chiqqan holda sotuvchidan yig’im undirilishi va ushbu mablag’ni “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasini moliyalashtirishga yo’naltirish, alohida tadbirkorlik sub’ektlarini boshqalarga nisbatan teng bo’lmagan sharoitni keltirib chiqaruvchi “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan import qilinayotgan xom ashyolar, ko’mir va tabiiy gazga muqobil boshqa energiya resurslari temir yo’l orqali tashishda ichki tarif stavkalari qo’llanilishi, qo’shimcha ruxsat berish tamoyilini kiritilishiga olib keluvchi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berilishida “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining xulosasi olinishi kabi amaldagi raqobat qonunchiligiga zid normalar aks ettirilgan.
Qo’mita xulosasini ushbu havola orqali ko’rish mumkin. ID-18365-1
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati