Sirdaryo viloyati Guliston shahri maktabgacha ta’lim bo’limi onopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Sirdaryo viloyati xududiy boshqarmasiga murojaat qilib, “O’ztransgaz” AJ Sirdaryo viloyati bo’yicha gaz ta’minoti hududiy filiali tomonidan 2018 yil noyabr` va dekabr` oylari uchun iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmlari narxiga oshiriluvchi 2 koeffitsent qo’llanilganligi holatini asosliligini o’rganib chiqishda amaliy yordam berilishi so’ralgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan oydaganish qoidalarining 105-bandida Iste’molchi tomonidan tabiiy gaz yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada belgilanganidan ko’p hajmda va gaz ta’minoti tashkiloti bilan oldindan kelishilmasdan gaz olingan taqdirda, iste’molchidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 2 koeffitsient bilan oshirilgan to’lov undirilishi belgilangan (2019 yil 28 fevralgacha bo’lgan tahrir).
O’rganish jarayonida 2018 yil 22 yanvardagi “O’ztransgaz” AJ Sirdaryo viloyati buyicha gaz ta’minoti hududiy filiali va Guliston shahar maktabgacha ta’lim bo’limi o’rtasida tuzilgan 01/01-0046-sonli shartnomaga 2018 yil 4 mayda 1-son bilan qo’shimcha shartnoma tuzilib, noyabr oyi uchun 62124 kub metr, dekabr` oyi uchun 69758 kub metr tabiiy gaz hajmi belgilanib, Guliston shahri g’aznachilik bo’limidan ro’yxatdan o’tkazilgan.
Lekin, “O’ztransgaz” AJ Sirdaryo viloyati bo’yicha gaz ta’minoti hududiy filiali tomonidan Guliston shahri g’aznachilik bo’limidan ro’yxatdan o’tkazilmagan 2018 yil 30 apreldagi noyabr` va dekabr oyiga gaz hajmi belgilanmagan ma’lumotlarni tabiiy gazni hisobini yurituvchi “Fossa” dasturiga kiritilganligi oqibatida, noyabr` oyiga 62 124 metr kub 37 274 400 so’m, dekabr oyida 69 758 metr kub 41 854 800 so’m jami
79 129 200 so’m amalda iste’mol qilingan tabiiy gazni 2 koefitsentdan avtomatik hisoblab, Guliston shahar maktabgacha ta’lim bo’limidan 79 129 200 so’m miqdorida asossiz daromad olganligi aniqlangan.
Ushbu holat hududiy boshqarmaning maxsus komissiya tomonidan ko’rib chiqilib, O’zbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar to’g’risida”gi Qonuni 13-moddasi bo’yicha qonunbuzarlik aniqlanib, asossiz olingan 79 129 200 so’mlik daromadni Guliston shahar Maktabgacha ta’lim bo’limiga qayta hisob-kitob qilish to’g’risida tegishli qaror chiqarilib, ko’rsatma berilgan.
Biroq, “O’ztransgaz” AJ Sirdaryo viloyati bo’yicha gaz ta’minoti hududiy filiali tomonidan maxsus komissiyaning ko’rsatmasi belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababali, mazkur masala yuzasidan iqtisodiy sudga da’vo ariza kiritildi. Ishni sudda ko’rib chiqish jarayonida “O’ztransgaz” AJ Sirdaryo viloyati bo’yicha gaz ta’minoti hududiy filiali tomonidan Guliston shahar Maktabgacha ta’lim bo’limiga 79 129 200 so’m asossiz hisoblanganligi tan olinib, pullar qayta hisob-kitob qilindi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati