O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” DK (“O’zMMI” DK) tomonidan ko’rsatilayotgan gaz hisoblagichlarni qiyoslovdan o’tkazish xizmatlari uchun belgilangan tariflarning shakllanishi bo’yicha tahlil o’tkazildi.
Tahlil jarayonida «O’zMMI» DK tomononidan gaz hisoblagich uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan hisoblagichlarni qiyoslov ko’rigidan o’tkazish xizmati uchun QQSsiz 4 091,1 so’m, QQS bilan 4 704,1 so’mdan narx belgilanib, to’lov undirilayotganligi aniqlandi.
O’tkazilgan o’rganishlar jarayonida “O’zMMI” DK tomonidan gaz hisoblagich uskunalarini qiyoslov ko’rigidan o’tkazish uchun narxlar belgilashda ish haqi xarajatlari va undan kelib chiqadigan ish haqidan ijtimoiy sug’urta ajratmasi qiymati belgilangan me’yorga nisbatan yuqori narx qo’llanilib kelinayotganganligi ma’lum bo’ldi.
O’rganish yakuni bilan har bir hisoblagich uskunasini qiyoslov ko’rigidan o’tkazish uchun xizmat narxini QQSsiz 610,4 so’m va QQS bilan 701,3 so’m ortiqcha xaq olinayotganligi aniqlanib, ushbu xizmatlar uchun to’lovlarni QQSsiz 3 480,7 so’mga va QQS bilan 4 002,8 so’mdan oshirilishi ta’minlandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati