Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasiga Buloqboshi tumanida istiqomat qiluvchi M. Sattorov nomidan, uyida gaz ta’minoti yo’qligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Uni o’rganish maqsadida Qo’mita Matbuot xizmati hududiy boshqarma xodimlari bilan keltirilgan manzilga borishdi.
Aniqlanishicha «Shohguzar» mahallasida tabiiy gaz ta’minoti yetkazilgan bo’lib (shu o’rinda ma’lumot: bundan bir necha yil avval, aynan, mana shu tumanda tabiiy gaz koni topilgan), murojaatchi M. Sattorov xonadonida 150
metr gaz quvuru yo’qligi sabab, gaz ta’minoti yetib bormagan ekan. Bu esa Iste’molchilarning huquqlari to’g’risidagi, Tabiiy monopoliya haqidagi va Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish Qonunlarini buzilishiga olib kelgan.
25 fevral kuni Qo’mitaning hududiy boshqarma vakillari, tumanning gaz ta’minoti boshqarmasi va tuman hokimiyatining qurilish bo’limi mutaxassislari murojaatchining manziliga borishdi hamda yetmayotgan quvurlar
o’rnatildi. Endilikda faqatgina bitta ish qolgan, u ham bo’lsa, ana shu quvurga gaz ta’minotini berish!
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati