Bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da “Raqobat to’g’risidagi qonunni qo’llashdagi global muammolar: O’zbekiston Respublikasidagi tendentsiyalar va Germaniya, Gonkong, Italiya, Yaponiya va AQShning xalqaro amaliyoti” mavzusida vebinar bo’lib o’tadi.
Mazkur tadbir Butunjahon banki va O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Dunyoda tan olingan raqobat sohasidagi mutaxassislar, jahonga mashhur olimlar va professorlar raqobat muhitidagi dolzarb muammolar hamda dunyo tajribasida sinalgan loyihalar haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashib, sohaga doir ahamiyatli savollarga javob beradilar. Shuningdek, vebinar davomida O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining istiqboli va kelajakdagi rejalari hususida so’z boradi.
Vebinar ikki tilda to’g’ridan-to’g’ri quyidagi havolalar orqali namoyish etiladi:
Rus tili: https://bit.ly/32zC6n0
Ingliz tili: https://bit.ly/2OOFNwN
Yanada to’liq ma’lumot uchun: https://bit.ly/39dscZB