Eslatib o’tish joiz, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga berilgan eksklyuziv huquqlar, individual soliq va bojxona imtiyozlari, preferentsiyalarni bekor qilish to’g’risida”gi farmoni loyihasini ommaviy muhokamaga qo’ygan. Albatta, mazkur loyiha qizg’in munozaralarga sabab bo’ldi. Biroq, loyihaning “O’zmetkombinat” Ochiq aktsiyadorlik jamiyatining qora metall parchalari va chiqindilarini sotib olish bo’yicha mutloq huquqining bekor qilinishi to’g’risidagi qismi ko’pchilikni bee’tibor qoldirmadi.
Endi hammasini bir boshdan ko’rib chiqamiz. Qora metallarning parchalari va chiqindilarini sotib olish bo’yicha yagona vakolatli tashkilot “O’zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyati hisoblanib, u «Ikkilamchiqorametallar» tarkibiy bo’linmasi orqali yuridik va jismoniy shaxslardan metall parchalarini qabul qilish bilan shug’ullanib kelgan. Qora metall parchalari va chiqindilarini sotib olish narxlarining pastligi sababli, aholi va tadbirkorlar “O’zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan taklif etilgan narxlarda parchalarni yetkazib berishga unchalik qiziqish bildirmadilar. Natijada, metall parchalari uchun qora bozor shakllanib, uyushmagan bozorlar va tadbirkorlar aholidan parchalarni “O’zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyati bergan taklifidan ham yuqori bo’lgan “real” narxlarda sotib olgan.
Ma’lumot uchun: “O’zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyatining sotib olish narxi 1 million so’m bo’lganida, qora metall parchalari va chiqindilarning o’rtacha narxi 1 tonna uchun 2,8 million so’mni (2019 yilda – 2,2 million so’m) tashkil etkan bo’lsa, Rossiyada bu ko’rsatkich 2,1 million so’m, Qozog’istonda 2,4 million so’m, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida o’rtacha 1,75 million so’m, Hindistonda 2,4 million so’m va AQShda esa o’rtacha narx 1,5 million so’mni ko’rsatmoqda.
Xarid qilish mexanizmiing samarasizligi va shaffof emasligi tufayli Respublikada metall parchalarining ishlab chiqarish hajmi “O’zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyati ehtiyojlarini atigi 60 – 65%ga qondiradi, ya’ni uning qolgan 40-35 % import hisobiga qoplanadi. “O’zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyati metall parchalari, ya’ni hurda bozorida monopolist hisoblanib, zarur hom-ashyolarni kafolatli ravishda yurtimizga olib kirmoqda, bu esa o’z o’rnida hurda va yarim tayyor mahsulotlarni yetkazib beruvchilar orasida narxlarning ko’tarilishiga imkon yaratadi (Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston). Masalan, joriy yilning birinchi yarim yilligida “O’zmetkombinat” AJ tomonidan import qilingan hurdalarning o’rtacha narxi boshqa metall ishlab chiqaruvchilar tomonidan xuddi shu TN VED kodi bo’yicha olib kiriladigan hurda narxidan 1,3 baravar yuqori bo’lmoqda.
Har yili metalldan tayyorlangan mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun tuziladigan hom-ashyo bazasining moddiy balans jadvali boshqa metall quyuvchi korxonalarning ehtiyojlarini hisobga olmayapti. Qora metall parchalari va chiqindilar asosan Qirg’iziston va Qozog’istondan olib kelinmoqda va bugungi kunda Respublikamizda 1000 dan ortiq shunday mahsulotlar mavjud. Faqatgina 2019 yilning o’zida qora metalldan mahsulot ishlab chiqarish bilan shug’ullanib kelayotgan korxonalar 1,5 million tonnadan ortiq hurda va yarim tayyor mahsulotlar shaklidagi hom-ashyolar import qilingani ma’lum.
Shu bilan birga, Respublikamizda metall mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun o’z resursiga ega bo’lmaganligi va asosiy mahsulotlar qo’shni davlatlardan olib kelinayotganiga qaramay, “O’zmetkombinat” AJ tomonidan birja savdolariga qo’yilgan qora metall buyumlarning hajmi to’liq sotilmagan. Masalan, 2018-2019 yillarda birja savdolarida umumiy hajmning atigi 55,6 foizi sotilgan bo’lib, bu mahsulotlarning raqobatbardosh emasligidan, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talab o’ta pastligi va korxona omborlarida uzoq muddat qolib ketayotganligidan dalolat beradi.
Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning ma’lum bir katta qismi markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtirilgan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar bo’yicha sotiladi. “O’zmetkombinat” AJ yillar davomida davlat monopoliyasi hisoblanib, bir necha bor imtiyozar va preferentsiyalarga ega bo’lgan va ularning hajmi byudjetdan bir necha baravar ko’p degani. So’nggi yillarda Respublikamizda metall buyumlar ishlab chiqarish bo’yicha ko’plab investitsiya loyihalarini amalga oshirib kelinayotgan investorlarning e’tiborlari jalb etildi, aytib o’tish joiz, ularning imkoniyatlari umuman “O’zmetkombinat” AJ ishlab chiqarish quvvatlaridan kam emas. Metall hom-ashyosi bilan ta’minlashda hech qanday imtiyoz va preferentsiyalar taqdim etmasdan Respublikada metall buyumlar ishlab chiqarish bo’yicha loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ko’plab misollar keltirish mumkin. Yirik ishlab chiqaruvchi va yillar davomida hurda sotib olish uchun o’rnatilgan tizim va infratuzilmasi mavjud hisoblangan yirik metall ishlab chiqaruvchi korxona uchun “issiqxona” sharoitini yaratish sabab bozor rivojlanishining sekinlashishiga olib kelishi mumkin bo’lgan va barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanish huquqidan maxrum qiluvchi asossiz qarordir.
“O’zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan quyma va prokladka kompleksini qurish bo’yicha yangi loyihalari, shubhasiz, Yurtimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Boisi, import o’rnini bosa oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada ko’paytirish uchun imkon yaratadi.
Mazkur, loyihaning yo’lga qo’yish natijasida, qo’pol qilib aytganda “O’zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyatining hom-ashyosiga bo’lgan talab 2 million tonnadan oshishi kutilmoqda. Bugungi kunda metall parchalarini ishlab chiqarish hajmi (600-700 ming tonna) bo’lgan taqdirda ham hech qanday holatda kompaniyaning zarur hom-ashyoga bo’lgan ehtiyojini qoplay olmaydi va natijada mahsulot importi deyarli ikki baravarga oshishi kutilmoqda. Shunday qilib, ushbu loyihani amalga oshirish dastlab import uchun mo’ljallangan hom-ashyolarga qaratilgan edi va u “qora metall parchalarini tayyorlash uchun monopol huquqini berish uchun davlat yordamiga tayanib” amalga oshirildi, deyish umuman noto’g’ri hisoblanadi.
Metall parchalarining hajmini qora bozorga yo’naltirish to’g’risidagi pessimistik bashoratlarga kelsak, bunday hulosalar qilishga juda erta.
Birinchidan, har qanday korxonalar, shu jumladan davlat korxonalari ham, o’z daromadlarini ko’paytirishdan manfaatdor va hatto o’z ehtiyojlari uchun qayta ishlashni hamda ishlash hajmning o’sishini hisobga olgan holda, korxonalarga qo’shimcha daromad keltirgan holda talab qilinmagan hajmni sotadilar. Agar o’z ehtiyojlarini hisobga olmasdan, e’tiborni faqat sotib olish narxlariga qaratib, metall parchalarini yagona sotuvchiga o’tkazsa, “O’zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyati uchun korxonalar o’z foydalarining bir qismini yo’qotishi mumkin. Shu o’rinda bir savol tug’ilmoqda: Nima uchun “O’zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyati boshqa korxonalarning yo’qotgan foydasi hisobiga omon qolishi kerak?
Ikkinchidan, metalla parchalari bo’lgan hurdaning savdo aylanmasida o’rnatilgan cheklovlar tufayli ehtimol “qora bozor aylanmasi” paydo bo’lgan. O’rnatilgan to’siqlardan xalos qilib va mavjud imkoniyatlarni hususiy tadbirkorlarga qonuniylashtirish – bu haqiqiy metall parchalari bozorini yaratish va xaridlarni ko’paytirishning yagona to’g’ri yo’li hisoblanadi.
Uchinchidan, qurilish metall buyumlarini ishlab chiqarishda maxsus induktsion o’choqlardan foydalanishni taqiqlash bu bozorning 40 tadan ortiq sub’ektlariga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Qo’mita tomonidan ishlab chiqarish jarayonida maxsus induktsion o’choqdan foydalangan 70 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari so’roq qilindi. Ma’lum bo’ldiki, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish uchun qo’shimcha investitsiyalar talabi bois, 70 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarining yarmidan ko’pi o’z faoliyatini to’xtatgan. Natijada, 2 mingdan ortiq ish o’rni qisqargan, metall buyumlarni ishlab chiqarish 596 mingtaga kamaygan va byudjet qismida ham foydadan qariyb 100 milliard so’mlik yo’qotishlar mavjud.
Mazkur vaziyatda sifat uchun texnologik jarayonning to’g’riligi va foydalangan mahsulotning sifati javobgar hisoblanadi. (Qo’mitada tasdiqlangan mutaxassis hulosasi mavjud). Mazkur muammoni hal qilish uchun respublikamizda metall mahsulotlari ustidan yagona nazorat standartlarini joriy etish, bozorga yetkazib beriladigan po’latning sifatini tartibga solish, tegishli tahlillarni, statik va dinamik sinovlarni o’tkazish kifoya qilinadi xolos. Bunday laboratoriyatlarni yaratish va tegishli sinovlarni o’tkazish mahsulotni sertifikatlashtirish sohasidagi vakolatli organ tomonidan hal qilinishi zarur bo’lgan asosiy vazifadir.
Shunday qilib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan “O’zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyatining mutlaq huquqlarini bekor qilish to’g’risidagi taklif qilingan loyihasi korxonani bankrot qilish va uni zarur hom-ashyolardan mahrum qilishni maqsad qilmagan. Uning maqsadi, savdo bozorida barcha uchun teng raqobat muhitini yaratish, “sun’iy to’siqlarni” olib tashlash, qora metall parchalarini samarali harid qilishni yo’lga qo’yish va mahsulotlar savdo bozorini “inkor etish”, shunday qilib, metall mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zarur hom-ashyo bilan shaffof ta’minlashni joriy etish va bozor iqtisodiyoti qonunlariga muvofiq metall buyumlar savdosini yo’lga qo’yishga majbur qilish.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati