Mazkur voqea qahramonlari mahallaga elektr toki kelishini 8 yil avomida kutishgan. Ya’ni, mutasaddi tashkilotning vadasiga shonib, mahalla fuqarolari shuncha kutishga majbur bo’lishgan.
Nukus shahrida joylashgan “Allaniyoz Qahramon” mahallasiga еlektr toki mahsus simyog’ochlar orqali emas, balki iste’molchilarning o’zi bir zamonlar o’rnatgan tirgaklar orqali kelgan. Buning hayot uchun xavflilik tomoni borligi esa, vaziyatni yanada qaltis ekanligini bildirardi. Uning ustiga kuchlanish ham havas qilgudek emas. Mazkur muammo bilan mahalla fuqarolari 2013 yildan beri bir nechta mutasaddi tashkilotlarga murojaat etishgan.Birinchi murojaat etilgan manzil albatta “Qoraqalpog’iston hududiy еlektr tarmoqlari” AJ bo’lgan. Murojaatga javoban jamiyat kommunal-foydalanish korxonasi hisoblanadiganligi, o’z
hisobidagi elektr uskunalari va elektr uzatish liniyalariga yirik, joriy ta’mirlash ishlari va rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish va yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to’lovlarni o’ndirish ishlari bilan shug’ullanishini bildirgan. Ushbu ishlar Nukus shahar hokimligi tomonidan manzilli dasturga kiritilib, mablag’ ajratilishi rejalashtirilgandan so’ng, texnik shartlar olinib, loyiha-smeta hujjatlari ishlanishi va qurilish-montaj ishlari maxsus elektr montajlovchi korxonalari tomonidan shartnoma asosida bajarilishi ma’lum qilingan.
Lekin, berilgan vadalar vadaligicha qoladi. Oradan uch yil o’tadi. Fuqarolar mahalla raisiga borishadi, undan so’ng Nukus shahar hokimiyatiga, keyin Jo’qorg’i Kenges deputatiga ammo natija bo’lmaydi. Hokimiyat murojaatni Hududiy elektr tarmoqlariga jo’natadi, ular esa, o’z navbatida ta’mirlash ishlarini boshlash uchun barcha kerakli anjomlarga buyurtma berilganligi, montaj ishlari 2017 yilning ikkinchi choragida boshlanishiga yana vada berishadi.
GENJEMURAT ATAMURATOV – iste’molchi
– 2014 yildan beri elektr toki muammosi bilan murojaat etmagan joyimiz qolmadi. Lekin muammo hal etilmadi. 10 kun avval esa, mahalladagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga murojaat etishdi. Muammo o’rganilib, tezda hal etildi. Biz bundan minnatdormiz.
Noiloj qolgan iste’molchilar 2021 yilning mart oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga murojaat yozishadi.
AZIZ AYBERGENOV – Qoraqalpog’iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining bosh mutaxassisi
– Muammoni hal etish maqsadi Qoraqalpog’iston hududiy elektr tarmoqlari va O’zenergoinspektsiyaga vaziyat haqida ma’lumotlar bo’yicha so’rov xati jo’natdik. Shundan so’ng, ulardan javob xati keldi, u yerda 2021 yilning 1 apreliga qadar mahallaga simyog’ochlar o’rnatilib, elektr toki bilan ta’minlab berishlari yozilgan edi.
Bajarilayotgan ishni nazorat qilish uchun, Qo’mita mutaxassislari 22 mart kuni mahallaga borishadi. Haqiqatdan simyog’ochlar o’rnatilib, 8 yildan beri qiynalgan aholi muammosi qisqa fursat ichida o’z yechimini topadi.
Biz esa eslatib o’tamiz – shu kabi muammolarga duch kelayotgan bo’lsangiz Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga murojaat eting va biz albatta yordam berishga harakat qilamiz!
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati