Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi №249-sonli “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyxati tasdiqlanib, ushbu roʻyxatga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha byudjet tashkilotlariga, davlat buyurtmasi boʻyicha paxta xomashyosi va don yetishtiradigan fermer xoʻjaliklari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ, “Toshshahartransxizmat“ AJga, maishiy chiqindilarni toʻplash va tashish boʻyicha davlat korxonalariga sotiladigan, shuningdek, boshqa isteʼmolchilarga chakana narxda sotiladigan dizel yonilgʻisi ham kiritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi №PQ-4484-sonli “ Tovar-xomashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “PQ-3386-sonli qaroriga birja savdolarida dizel yonilgʻisini sotishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritildi, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-sonli “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 2 bandiga muvofiq, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilinishi nazarda tutilgan. Oʻz navbatida, ushbu bandda dizel yonilgʻisini boshqa isteʼmolchilarga chakana narxda sotish koʻzda tutilmagan.
Shunday qilib, dizel yonilgʻisini chakana narxlari tartibga solish bekor qilingan. Yaʼni, dizel yonilgʻisi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan erkin-shartnomaviy narxlarda sotiladi, bunda mazkur shoxobchalar Ai-91 markali dizel yonilgʻisi – avtomobil benzini va suyultirilgan gazni sotib olish uchun birja savdolarida qatnashadilar.