O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 30 martdagi 249-sonli qarori ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyati «Agrokimyohimoya» xududiy aktsiyadorlik jamiyatida g’alla va paxta maydonlariga kimyoviy pereparatlar va suspenziya sepish, OVX purkagichi bilan g’o’za bargini sun’iy to’ktirish (Defoliatsiya) xizmatlari bo’yicha qo’llanilayotgan narxlarni so’rov yo’li orqali o’rganish va tahlil o’tkazildi.
O’rganishda, Sirdaryo viloyati «Agrokimyohimoya» xududiy aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 2019 yild paxta va g’alla maydonlariga kimyoviy pereparatlar va suspenziya sepish xizmati jami 94743 ga yer maydoniga amalga oshirilib, narxlarini rentabellik darajasini 1 ga yer maydoniga 1721 so’m oshiqcha narx qo’llash oqibatida, 162,9 mln. so’m asossiz daromad olingan.
Shuningdek, 2019 yilda OVX purkagichi bilan g’o’za bargini sun’iy to’ktirish (Defoliatsiya) xizmati jami 31033 ga yer maydoniga amalga oshirilib, narxlarini rentabellik darajasini 2586 so’m oshiqcha narx qo’llash oqibatida, 80,2 mln. so’m asossiz daromad olingan.
Bundan tashqari, 2020 yilda paxta va g’alla maydonlariga kimyoviy pereparatlar va suspenziya sepish xizmati jami 51923 ga yer maydoniga amalga oshirilib, narxlarini rentabellik darajasini 2007 so’m oshiqcha qo’llash oqibatida, 104,2 mln. so’m asossiz daromad olingan.
Agrokimyohimoya” xududiy aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 2019-2020 yillar davomida narxlarini rentabellik darajasini noto’g’ri qo’llanishi oqibatida, jami 347,4 mln. so’m daromad olinganligi aniqlandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish Sirdaryo viloyati xududiy boshqarmasi maxsus komissiyasining 2020 yil 4 sentyabr` kungi qarori asosida berilgan majburiy ko’rsatmaga asosan iste’molchilardan olingan 347,4 mln. so’m asossiz daromad 170 nafar fermer xo’jaliklari bilan qayta hisob-kitob qilinib, iste’molchilar manfaati qayta tiklandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati