1.Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Paxtaobod savdo sotiq» MCHJning murojaati oʻrganilganda Izboskan tuman Chuvama muruvvat uyi tomonidan autsorsing xizmati uchun boshlangʻich narxi 1 milliard 428 million 472 ming soʻmlik tanlov oʻtkazilgani, ishtirokchilar oʻrtasida oʻzaro oldindan kelishuv alomatlari borligi aniqlandi. Boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan ish qoʻzgʻatilib, mazkur tanlov bekor qilinishi haqida koʻrsatma berildi.
2.Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Digital Security Systems” MCHJning murojaati oʻrganilganda qoʻydagilar aniqlandi. Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash Buxoro shahar boʻlimi tomonidan boshlangʻich narxi 796 million 800 ming soʻmlik mahallalarda kuzatuv kamerasi oʻrnatish xizmati boʻyicha eʼlon joylashtirilgan. Aniqlanganlarga koʻra, ishtirokchilar oʻrtasidan gʻolibni tanlashda bir nechta qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilgan. Hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi holat yuzasidan tegishli tartibda oʻrganishlar oʻtkazib, qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan mutasaddi tashkilot vakillariga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllash uchun hujjatlarni Sudga yuborgan.
3. Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2019-2020-yillar davrida tadbirkorlik subyektlariga gaz taʼminoti filiallari tomonidan shartnomalarda belgilangan tartibda gaz taʼminoti hajmlarida yetkazib berilishi hamda tariflarni toʻgʻri qoʻllanilishi yuzasidan elektron soʻrov yoʻli bilan oʻrganishlar oʻtkazildi. Natijada, qoʻllanilgan notoʻgʻri tarif narxlaridan 18 ta tadbirkorlik subyektlaridan ortiqcha 418 million 668 ming soʻm asossiz daromad olingani aniqlanib, mazkur mablagʻ qayta hisob-kitob qilinishga erishildi.
4. Asossiz olingan daromad Toshkent viloyatida ham aniqlandi. Unda “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari”AJ Ohangaron shahar elektr taʼminoti korxonasi “Temir ota” XKdan asossiz olingan 35 million 478 ming 090 soʻm mablagʻni korxonaga qaytarishga erishilgan.
5. Elektr taʼminoti bilan bogʻliq yana bir holat Fargʻona viloyatida sodir boʻldi. “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududda faoliyat olib boruvchi 62 ta oilaviy korxonalarga nisbatan qoʻllanilgan notoʻgʻri tarif narxlari natijasida, 96 million 453 ming 462 soʻm mablagʻ asossiz mablagʻ undirilgan. Ushbu summa hozirgi kunda hududiy boshqarma tomonidan oʻz egalariga qayta hisob-kitob qilingan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi matbuot xizmati