Qoraqalpogʻiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan 2021-yilning I yarim yillik davrida jami summasi 405,9 mlrd. soʻmlik 430 ta shartnomalar boʻyicha tanlov va tender savdolari oʻrganib chiqildi.
Buning natijasida, 300 ta tanlov (tender) savdolarida (323,8 mlrd.soʻmlik) savdolarni oʻtkazish tartibini buzish, 4 ta savdolarda (18,0 mlrd.soʻmlik) ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, 29 ta savdolarda (26,8 mlrd.soʻmlik) manfaatlar toʻqnashuvi, 101 ta holatda shartnoma qiymati 55,3 mlrd.soʻmlik xaridlar savdo oʻtkazilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilganlik, 30 ta holatda shartnoma qiymati 26,8 mlrd.soʻmlik xaridlarda buyurtmachi va ishtirokchilar oʻrtasida affillanganlik holatlari holati aniqlandi.
Shuningdek, hisobot davrida qiymati 49,3 mlrd.soʻmlik 175 ta tanlov savdolari boʻyicha monitoring ishlari oʻtkazildi. Oʻtkazilgan oʻrganish natijasida 16 ta holatda savdolar oʻtkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish, 77 ta holatda savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish, 6 ta holatda ishtirokchilar oʻrtasida affillanganlik holatlari, 2 ta holatda buyurtmachi va ishtirokchilar oʻrtasida affillanganlik holatlari aniqlandi.
Hisobot davrida davlat xaridlarini amalga oshirishda “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi yuzasidan 7 ta byudjet tashkilotiga ish qoʻzgʻatilib, koʻrsatmalar berildi.
Yuqorida aniqlangan qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan tashkilotlarga nisbatan oʻrnatilgan tartibda tegishli koʻrsatmalar berilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Matbuot xizmati