Iqtisodiyotimizni rivojlantirishni asosiy mezonlaridan biri sifatida, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar va xizmatlar narxlarni belgilashga emas, balki ushbu korxonalar o’rtasida va ularning faoliyat yo’nalishlarida sog’lom raqobatni rivojlantirish hisobiga narxlarning pasayishiga va mahsulot sifati oshishirishga etibor qaratib kelinmoqda.
Bundan tashqari, xorijiy tajribani o’rgangan holda raqobat muhitini shakllantirish va raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar mavjud bo’lgan monopol sohalarda xususiy sektorning kirib kelishi uchun yo’l ochishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi PF–5877-son Farmoni bilan monopol korxonalar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mahsulotlari narxini belgilanishning shaffofligini ta’minlash belgilangan.
Ushbu topshiriqlar ijrosini yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qo’shma qaror qabul qilinib, unda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hamda tabiiy monopoliya sub’ektlarining internetdagi rasmiy veb-saytlarida o’z faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish to’g’risidagi tartib ishlab chiqildi.
Mazkur Tartib monopol korxonalar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mahsulotlari narxini belgilanishning shaffofligini ta’minlash, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va tabiiy monopoliya sub’ektlar tomonidan ishlab chiqiladigan tovar (ish, xizmat)lar tannarx va narxlar shakllanishi monitoring qilish imkoniyatini yaratadi.
Shu bilan birga, mazkur sohalarga xorijiy va xususiy investorlarni jalb qilish va sohada raqobat muhitini rivojlantirish imkoniyatlarini shuningdek, iste’molchilar uchun o’z vaqtida sifatli ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini yaratiladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati